
Bugun 13- mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi tahliliy-tashkiliy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda barcha bo'lim boshliqlari, mutaxassislar va tuman bo'limi xodimlari (Zoom)da ishtirok etdi.
Kun tartibidagi birinchi masala 1-korxona hisoboti boʻyicha yuzasidan boshqarma boshligʻi X.Narziyev soʻzga chiqib, ayrim boʻlim xodimlari oʻzlariga yuklangan mas’uliyatni lozim darajada bajarmayotgani sababli
shaharda bu borada oqsoqlik boʻlayotgani tanqid qilindi. Shuningdek, barcha tarmoqlarda hisobotlarni muddatida taqdim etish, konsalting xizmatini yanada jolantirish zarurligi alohida qayd etildi.
Ushbu masalalar boʻyicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala ya’ni, boshqarma boʻlimi boshliqlarining rotatsiya masalasi ham koʻrib chiqildi. Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati bilan kelishilgan holda quyidagi xodimlar boshqa boʻlimlarga oʻtkazilgani e’lon qilindi.

Shu vaqtga qadar, Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi bo'limi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Kamoliddin Jalilov Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo'limi boshliqligiga,
Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo'limi boshligʻi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Jasurbek Abdullayev Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi bo'limi boshligʻi etib tayinlangani e’lon qilindi.

Xuddi shunday Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelgan Gulshod Orinboyeva Narx statistikasi bo'limida, Shovkat Xaynazarov esa,
Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi boshligʻi sifatida ishni davom ettirishi ma’lum qilindi. Suningdek, boshqarmaning qishloq xo'jaligi va atrof muhit statistikasi bo'limi vakant bo'lgani sababli ushbu
bo'limga Azim A'zamov hamda boshqarmaning buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo'limiga Izzat Qurbonov tayinlanganligi e'lon qilindi.

Yigʻilishda boʻlim boshliqlarining kelgusidagi ishlariga omad tilandi va oʻz vazifalariga yanada mas’uliyat bilan yondashishlari zarurligi uqtirildi.
Shu bilan birga barcha xodimlar oʻz ustida ishlashi va bilimini oshirib borishi zarurligi ta’kidlandi.



