Joriy yilning 17-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2026-yildagi ““Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-110-son Qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarorining mazmun-mohiyati haqida xodimlarga tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Mamlakatimizda aholi orasida ekologik odatlarni shakllantirish, taʼlim muassasalari faoliyatining barcha bosqichlarini xalqaro standartlar hamda ekologik meʼyorlar asosida qayta yoʻlga qoʻyish, shuningdek, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni dual taʼlim shaklida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari quyidagilar ushbu Qarorning asosiy maqsadlari etib belgilanganligini aytib o‘tdi, xususan:
(a) 2026-2027-yillar davomida respublikaning har bir hududida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikumlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(b) 2030-yilgacha respublikaning har bir hududidagi “yashil” texnikumlarda 10 000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash uchun ekologik taʼlim va ilmni yanada rivojlantirish;
(v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)ga (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Markaziy Osiyo davlatlari hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan kamida 50 nafar talabani jalb qilish hamda 2027/2028 oʻquv yilida mazkur koʻrsatkichni kamida ikki baravarga oshirish;
(g) 2026 — 2028-yillarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasida ilmiy daraja olgan nomzodlar sonini 150 nafargacha yetkazish.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaror bilan quyidagilar ham belgilanganligini alohida taʻkidlab oʻtdi, xususan
(a) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan taʼlim muassasalari “yashil” texnikumlar sifatida qayta tashkil etiladi hamda ularda hududning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib, sohalar uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
(b) “yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida ular Kasbiy taʼlim agentligi bilan kelishuv asosida Universitetga biriktiriladi;
(v) Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan “yashil” texnikumlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va pedagoglarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga ruxsat beriladi;
(g) “yashil” texnikumlarning direktori va direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



