12/06/2026

Joriy yilning 12-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2026-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 288-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.   

Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 22-oktabrdagi PF-189-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda yoshlarning sunʼiy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va ularni ragʻbatlantirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.    

Shuningdek, mazkur qarorda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi haqida aytib o`tildi:

sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan istiqbolli biznes-gʻoyalar hamda istiqbolli startap loyihalarni aniqlash va saralash tizimini yaratish;

ichki va tashqi bozorlarga moʻljallangan, eksportbop hamda xalqaro raqobatbardosh sunʼiy intellekt mahsulotlari va yechimlari ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish;

tanlov doirasida yosh mutaxassislarning sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida modellashtirish, maʼlumotlar bilan ishlash va jamoaviy faoliyat boʻyicha qiziqishi, amaliy koʻnikmalari va salohiyatini yanada oshirish.

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanib, tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanganligi aytib o`tilde, jumladan:

tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tegishli qarorlar qabul qilish, uni oʻtkazish muddatlari va masʼullarini belgilash;

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan taqdim qilingan saralash va baholash mezonlarini tasdiqlab, tanlovning maxsus portalida ularning eʼlon qilib borilishini taʼminlash;

tanlovning shaffof, adolatli va yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash hamda gʻoliblarni taqdirlash;

tanlov gʻoliblarining sunʼiy intellektga asoslangan startap loyihalari iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashish.

Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimovning soʻzlariga koʻra, mazkur qarorga muvofiq shunday tartib oʻrnatiladiki, unga koʻra tanlovda gʻolib boʻlgan yuridik shaxslar quyidagi miqdorlarda Markaziy bankning toʻlov amalga oshiriladigan kunidagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyuta ekvivalentida “IT Park Ventures” MCHJ tomonidan ulush evaziga investitsiya koʻrinishidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun — 100 000 AQSH dollari;

2-oʻrin uchun — 60 000 AQSH dollari;

3-oʻrin uchun — 40 000 AQSH dollari.

Bunda tanlov gʻoliblariga mukofot mablagʻlari ikki transhda teng miqdorlarda muhim samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishiga qarab oʻtkazib beriladi.

Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech