Joriy yilning 19-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2026-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 303-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish hamda Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaror bilan quyidagilar, “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 1-ilovaga muvofiq hamda “Oʻzbekiston Respublikasiga chet davlatlarning rasmiy, amaliy va boshqa turli tashriflar bilan keluvchi rahbarlari, delegatsiyalari, siyosiy arboblari va boshqa shaxslarini qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligini aytib o`tdi.
Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaroq bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini belgilashi, xizmat safari xarajatlariga quyidagilar kirishini aytib o`tdi, xususan:
kundalik xarajatlar;
yashash uchun (turar joy ijarasi boʻyicha) xarajatlar;
transport xarajatlari;
vakillik xarajatlari;
koʻzda tutilmagan xarajatlar;
mazkur Nizomga muvofiq qoplanishi lozim boʻlgan boshqa turdagi xarajatlar.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur nizomda xizmat safari uchun mablagʻ ajratish tartibi, kundalik xarajatlar uchun mablagʻlar ajratish, yashash uchun (turar joy ijarasi boʻyicha) xarajatlar uchun mablagʻlar ajratish, transport xarajatlari uchun mablagʻlar ajratish, vakillik, koʻzda tutilmagan va boshqa turdagi xarajatlarga mablagʻ ajratish va xizmat safari xarajatlariga berilgan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi boʻnak hisobotini berish tariblari koʻrsatib oʻtilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʻlumot berib oʻtdi.
Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaroq bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasiga chet davlatlarning rasmiy, amaliy va boshqa turli tashriflar bilan keluvchi rahbarlari, delegatsiyalari, siyosiy arboblari va boshqa shaxslarini qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom haqida xodimlarga tushunch berib, mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasiga chet davlatlarning rasmiy, amaliy va boshqa turli tashriflar bilan keluvchi ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan shaxslarni qabul qilish tartibini belgilashi, nizomda chet davlatlar delegatsiyalarini qabul qilish tartibi, chet davlatlar delegatsiyalarini qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanish tartibi koʻrsatib oʻtilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʻlumot berib oʻtdi.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



