Joriy yilning 24-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2026-yildagi “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-130-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi joriy logistika va yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar sharoitida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida keskin tebranishlarning oldini olish, ichki isteʼmol bozorida mol va qoʻy goʻshti narxlari barqarorligini saqlash hamda toʻliq zanjirda goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish uchun vaqtinchalik, shaffof va teng shartlarda qoʻllanadigan choralarni joriy etish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qarorda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanganligini aytib o`tdi, xususan,
(a) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlik subyektlariga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda;
(b) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 million soʻmdan oshmagan miqdorda.
Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agrar sohada toʻlovlar agentligining hisob-kitoblariga asosan joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2026-yil xarajatlaridan maqbullashtirish belgilangan mablagʻlar hisobidan bosqichma-bosqich 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi belgilanganligi, shuningdek Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agrar sohada toʻlovlar agentligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilanganligini aytib o`tdi, xususan:
(a) subsidiyalarni ajratish tartiblarini;
(b) qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



