

Ayni paytda davom etayotgan umummilliy tadbir, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 1- Otchopar mahallasi ahli ham faol qatnashmoqda. Mahalla yettiligi a’zolari uyma-uy yurib, o‘tmay qolgan fuqarolar, onlayn bosqichida yuzaga kelgan xató va kamchiliklarni bartaraf etishmoqda.

Bizning 1-Otchopar mahallasining fuqarolari jonbozlik bilan onlayn bosqichida ishtirok etishdi. Qariyib 70% fuqarolarimiz bu jarayonda ro‘yxatdan to‘liq o‘tdi. Hozirgi kunda qolgan aholimizni ham bular, nafaqadagilar, nogironligi bor va yakka-yolg‘iz fuqarolarimizni ro‘yxatdan o‘tkazayapmiz. Bu jarayonni yanada jadallashtirish uchun volontyorlarni ham jalb qilganmiz. Yana sanoqli kun qoldi ro‘yxatga olishni belgilangan vaqtda to‘liq yakunlaymiz deydi- mahallaning yoshlar yetakchisi Hurmatoy Sultonnazirova.

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 2026-yil, 28-fevralgacha davom etadi.



