
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi poytaxtimiz Toshkent shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlarida jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, boshqarmadan tumanlarga biriktirilgan xodimlarning o‘z hududidagi oliy ta’lim maskanlarida tashkil etilgan shtablarga berayotgan amaliy ko‘magi samaradorlikning oshishiga xizmat qilmoqda.

Bizning Toshkent shahridagi Webster universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazimizda ham shtab tashkil etilib, milliy tadbir uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Ayni paytda universitetimizda 7000 ga yaqin talaba bilim oladi ular orasida chet ellik talabalarimiz ham bor. Ularni ham ushbu manzildan ro‘yxatdan o‘tkazmoqdamiz, hozirda 90% ishlar bajarildi 28-fevral kunigacha bu ishlarni to‘liq yakunlaymiz deydi- markazning direktor o‘rinbosari Sherzod Mamatov.

Ro‘yxatga olishning 2-bosqichi, 2026-yilning 28-fevraligacha davom etadi.



