20/02/2026


 
Xabaringiz bor, aytni kunda mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish”ning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda va bu jarayonda mahalla yettiligi a’zolari uyma-uy yurib, aholini ro‘yxatdan o‘tkazayapti.

 

Poytaxtimiz Toshkent shahrida ham bu jarayon uyushqoqlik asosida tashkil etilmoqda. Misol uchun Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida yashovchi aholi onlayn bosqichida faol qatnashib, 80% fuqaro yashash manzilidan ro‘yxatdan o‘tdi.

 

Bizning mahallamiz hududida hozir 51 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda bu yerda 200 nafarga yaqin ishchilar vaqtincha yashamoqda biz ularni ham to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazdik. Shuningdek yakkayu-yolg‘iz, nogironligi bor va keksa yoshdagi fuqarolarning xonadoniga yettilik a’zolari borib, ularni ro‘yxatga olmoqda -deydi mahalla raisi Mo‘minjon Egamberdiyev.

 

Ro‘yxatga olishning oflayn bosqichi 28-fevralgacha davom etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech