18/02/2026

Bugun Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Shakarov raisligida navbatdagi yigʻilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida Toshkent shahridagi oliy o‘quv maskanlarida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining borishi, yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf etish masalasi muhokama qilindi.

Boshqarmaning ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. Boymurodov so‘zga chiqib, muassasalarda bilim olayotgan xorijlik talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xodimlarga tushuncha berdi.

Qizg‘in savol -javob tarzida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida boshqarma mutaxassislari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan tafsiyalarga ega bo‘ldi. Yig‘ilish yakunida oliy ta’lim muassasalaridagi ro‘yxatga olish ishlarini qisqa muddatda yakunlashga kelishib olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech