Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmoni asosida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonining 2-bosqichi qizgʻin davom etmoqda.


Xususan, Shayhontoxur tumanidagi “Shayhontoxur” MFY yettiligi ham uyma-uy yurib, aholini ro’yxatga olmoqda.

Bizning “Shayhontoxur” mahallamiz asosan ko‘p qavatli uylardan iborat bo‘lib, 38 ta turar joy uylari mavjud. Xonadonlarimiz 2131 ta, aholi soni 7568 nafarni tashkil etadi. Ro‘yxatga olish boshlangan kundan ularning 85% ro‘yxatdan o‘tdi. Hozirda yettilik a’zolari uyma-uy yurib, aholini ro‘yxatga olmoqda – deydi mahalla raisi Nig‘mat Rahimjonov.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatga olishning 2- bosqichi 28-fevralga qadar davom etadi.




