
Hisobotni taqdim etish yuzasidan eslatma
Hurmatli tadbirkorlar va hisobchilar!
Yillik 1 korxona statistika hisobotini taqdim etish muddatlarini eslatib oʼtamiz:
Buxgalteriya hisobini milliy standartlar asosida yuritadigan korxonalar — joriy yilning 1 apreliga qadar;
Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritadigan korxonalar — 5 maydan kechiktirmasdan hisobotlarni topshirishlari lozim.
Eslatib oʼtamiz, statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot maʼlumotlarini notoʼgʼri yoki buzib koʼrsatish, shuningdek, belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik maʼmuriy javobgarlikka sabab boʼladi



