06/02/2026

2026-yil 4-fevraldan boshlab, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga asosan ro’yxatga olishning 2-bosqichi boshlandi.

 

Toshkent shahar, Yunusobod tumani Shoshtepa MFY yettiligi uyma-uy yurib, aholini ro‘yxatdan o’tkazmoqda. Buning ichun yettilik xodimlari zarur planshet qurilmasi, beydjik va maxsus sumkalar bilan ta’minlangan.

 

Ro‘yxatga olish jarayoni mahallada qizg‘in davom etmoqda, bir kunda 10-15 tadan xonadon a’zolari to‘liq ro‘yxatga olinmoqda.

 

Ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 2026-yilning 28-fevraligacha davom etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech