
Xabaringiz bor 4-fevraldan boshlab, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga asosan ro’yxatga olishning 2-bosqichi boshlandi.

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Oqibat MFY mahalla yettiligi tomonidan uyma-uy yurilib, xonadonlar ro‘yxatga olinmoqda.

Bizning, Oqibat mahallamizda 1168 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularning 973 tasi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda qolgan 195 ta xonadonlarni ro‘yxatga olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda - deydi mahallaning hokim yordamchisi Anvarjon Babayev.



