13/01/2026

Tadbirda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari, hamda masalaga daxldor tegishli soha xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad-vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari, bosqichlari hamda jarayonda qo‘llaniladigan elektron tizimlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaliyot jarayonini to‘g‘ri va tizimli tashkil etishning muhim jihatlari tushuntirildi. photo2026-01-1308-55-41

Ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonini aniqlik, xolislik va mas’uliyat asosida olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tushunchalar yanada mustahkamlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech