24/10/2025

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumani hokimligida seminar tashkil etildi.

 Seminar davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonida olis hududlarda yashovchi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini to‘plash va so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari o‘rganildi.

 Seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

photo42025-10-2418-56-27

photo12025-10-2418-56-27

photo32025-10-2418-56-27

Tugmani bosing Tinglash GSpeech