01/08/2025

 2025-yil 31-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida II chorak yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdilar.


  Yig‘ilish davomida 2025-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar batafsil tahlil qilinib, tizim faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hisobot topshiriqlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.


  Shuningdek, III chorak uchun aniq ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Faoliyatni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, statistik ishlarning samaradorligini oshirish va raqamli texnologiyalardan keng foydalanish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


  Yig‘ilish yakunida ishtirokchilariga kelgusi chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berilib, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech