07/07/2025

  Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiy statistika” kafedrasi filiali ish boshladi.

5418136501746790231
  Tantanali ochilish marosimida boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov, TDIU prorektori S. Mexmonov, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.

5418136501746790230
  Filialning tashkil etilishi — Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan statistikani zamonaviy bosqichga olib chiqish tashabbuslari hamda oliy ta’lim va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

5418136501746790225

  Bu yerda nafaqat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, balki tajribali mutaxassislar ham ta’lim jarayoniga jalb etiladi. Bu esa nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlab, talabalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistik organlarda malakaviy amaliyot o‘tash imkonini beradi.

5418136501746790222
  Tadbir davomida ishtirokchilar filialda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
  Mazkur tashabbus statistikani ta’lim va fan bilan integratsiyalashgan holda yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech