11/06/2025

   Joriy yilning 11-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  07.06.2025-yildagi “Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 352-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining  07.06.2025-yildagi “Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 352-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

   Boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov shuningdek, ushbu qaror bilan jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari hamda farqlash belgilari namunalari va tavsifi qabul qilinganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini aytib o‘tdi.

   Bundan tashqari, jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizomda huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etish tartibi ko‘rsatilganligi, xususan jismoniy shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda 48 soat ichida foto va videomateriallarni elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga uning rasmiy “v-nadzor.gov.uz” veb-sayti orqali ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanganligini, bunda yuborilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ushbu ma’lumotni yuborgan jismoniy shaxs mas’ul hisoblanushi, huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomaterialga har qanday tarzda o‘zgartirishlar kiritish taqiqlanishi, o‘zgartirish kiritilgan foto va videomateriallar ko‘rib chiqilmasligi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.

   Boshqarma boshligʻi L. Mirsoatovning ta‘kidlashicha, mazkur qarorga ko‘ra huquqbuzarlik qayd etilgan foto va videomateriallar kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi, huquqbuzarlik holatlari o‘rganiladi va huquqbuzarning shaxsi aniqlanadi.

   Huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarga pochta aloqasi yoki elektron axborot tizimlari orqali suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.

   Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, mazkur Nizom qoidalari tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solishga sabab bo‘ladi.

   Shuningdek, huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi, huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy jarima bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo chorasi qo‘llangan hollarda, foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 8-yanvardagi 15-son qaroriga muvofiq rag‘batlantirilishi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida alohida aytib o‘tildi.

   Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Vazirlar Mahkamasining  qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech