26/06/2025

   Joriy yilning 25-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida kibersport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar virtual jang maydonida o‘zaro kuch sinashib, strategik fikrlash, chaqqonlik va jamoaviy hamkorlik borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar.

   Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.

   Qarorga muvofiq, kibersportni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, raqamli savodxonlikni oshirish, shuningdek, sog‘lom raqobat va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

   Musobaqa yakunida g‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech