Joriy yilning 25-mart sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0.01.2025-yildagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 0.01.2025-yildagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta’minlash va ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilinganligini, qarorda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi aytib o‘tildi, xususan:
davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish;
davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish;
ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;
davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish;
ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.
Shuninfdek, qarorda Oliy sud va Adliya vazirligining quyidagi tartiblarni ma’muriy sudlar faoliyatiga joriy etish haqidagi takliflariga rozilik berilganlini ko‘rsatib o‘tildi:
qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash;
ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.
Bundan tashqari, Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organi hujjatining qonuniy kuchiga ishonib faoliyat yuritgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ishonchini himoya qilish uchun mazkur hujjatning keyinchalik bekor qilinishi ushbu shaxsning o‘z mulkidan mahrum bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar olib kelmasligiga oid qoidalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish to‘g‘risida topshiriq berilganligi, Oliy sud Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha, ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv institutini joriy etish bo‘yicha va ma’muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va sudning xususiy ajrimi bo‘yicha choralar ko‘rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini berish qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish to‘g‘risida topshiriq berilganligi aytib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlanganligi haqida ham ma‘lumotlar berdi.