Joriy yilning 18-mart sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2025-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2025-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 54-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini, qarorda “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yagona platforma operatori hisoblanishi, davlat organlarining Yagona platformaga o‘tkaziladigan veb-saytlari faoliyatini texnik qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sarf-xarajatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflarga muvofiq davlat organlari bilan Yagona platforma operatori o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida mazkur davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiril belgilanganligini aytib o‘tdi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina Yagona platformada yuritiladi. Bunda yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘zlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Yagona platformada yo‘lga qo‘yilishi, davlat organlari rahbarlari davlat organlarining rasmiy veb-saytlari Yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanashi ko‘rsatildi.
Shuningdek, mazkur qarorda davlat organlari rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi ma’lumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltirsin yoki ularning faoliyatini to‘xtatish, Yagona platforma operatori bilan Yagona platformaga o‘tkazilgan veb-saytlar faoliyatini texnik qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, tomonlarning huquq va majburiyatlarini o‘z ichiga oluvchi shartnomani tuzish choralarini ko‘rish topshirig‘I belgilanganligi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Raqamli texnologiyalar vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Yagona platformani takomillashtirish, texnik qo‘llab-quvvatlash va uning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Yagona platformaga joylashtiriladigan ma’lumotlar turlari, joylashtirish davriyligi va boshqa talablar aks etgan ro‘yxatini uch oy muddatda ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishi zararligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini “Yagona darcha” tamoyili asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portalida yo‘lga qo‘yish, yuritish, ulardagi axborot dolzarbligi va xavfsizligini ta’minlash hamda Hukumat portalida joylashtiriladigan axborotni davlat organlari tomonidan taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Yagona platformaga davlat organlarining rasmiy veb-saytlarini o‘tkazish rejasi tasdiqlanganligi haqida ham ma‘lumotlar berdi.