19/06/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2025-yilning 1-may holatiga jami 381 890 ta tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

   Tijorat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha eng koʻp qismi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelib, ularning soni 292 885 tani yoki jamiga nisbatan 76,7 % ni tashkil etdi.

   Tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha tijorat korxonalarining soni quyidagicha: 

   masʼuliyati cheklangan jamiyatlar – 292 885 ta

   xususiy korxonalar – 47 963 ta

   oilaviy korxonalar – 37 105 ta

   aksiyadorlik jamiyatlari – 644 ta

   boshqalar – 3 293 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech