Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 36,4 trln so‘mni tashkil etdi.
2024-yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 6,9 trln so‘mga yoki 19,6 % ga oshgan.
Moliyaviy xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilib, 59,7 % yoki 21,7 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu hududda o‘sish sur’ati 124,4 % tashkil etdi.