So'nggi yangiliklar

   2025-yil yanvar oyida Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1 881,4 mln AQSH dollariga yetdi va 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 61,4 mln AQSH dollariga yoki 3,2 % ga kamaydi.

   Toshkent shahrida 2025-yilning yanvar oyida shahar korxonalari tomonidan 10,2 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 110,2 % ni tashkil etdi.

   2025-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida savdo xizmatlari hajmi jami 3 716,3 mlrd so‘mga, o‘sish sur’ati 7,9 foizni tashkil etdi.

   2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 2 344,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (1 270,8 mlrd.so‘m) to‘g‘ri keldi.

   Joriy yilning 21- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

   2025-yil 1-yanvar holatiga Toshkent shahrida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan jami 9 676 ta korxonalardan 2 231 tasi qo‘shma korxonalar va 7 445 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.

   Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 7,3 trln.so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 4,3% ini) tashkil etdi.

   Toshkent shahrida hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning jami soniga nisbatan eng katta ulushi Mirobod tumani 16,3 foiz, Yakkasaroy tumani – 15,6 foiz, Mirzo Ulug‘bek tumani – 13,5 foiz va Yunusobod tumaniga – 10,9 foiz to‘g‘ri keladi.