07/03/2025

   8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlugʻ sanada xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda.DSC9431

   Joriy yilning 7-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarma maʼmuriyati tomonidan xotin-qizlarimiz uchun bayram tadbiri tashkil qilindi.DSC9441

   Bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov so‘zga chiqib, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmaning barcha munis va mehribon ayollarini, go‘zal va betakror qizlarini o‘zining samimiy tilaklari bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi.DSC9487

   Tadbirda yangragan barcha samimiy tilaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.DSC9532

   Tadbir yakunida boshqarna ayollariga bayram sovg‘alari ulashildi.DSC9511

   Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar va qadrli opa-singillar!

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech