03/03/2025

   Joriy yilning 3-mart sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 125-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025-yildagi “Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak choralarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 125-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-son Farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini, qarorda kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sog‘lig‘ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatilishi hamda ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, ijtimoiy yordam va xizmatlar (ijtimoiy nafaqadan tashqari) ko‘rsatish to‘xtatilishi belgilanganligini aytib o‘tdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech