So'nggi yangiliklar

Toshkent shahrida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1,3 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmining 23,0 % ini tashkil etdi.

Hududlar kesimida qurilish ishlari 2023 - yil yanvar oyida

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i L. Mirsoatov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 13 fevraldagi PQ–54-son qarori mazmun-mohiyatini o‘rganish...! mavzusida o‘tkazilyotgan tadbir haqida boshqarma va hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 28,5 % ni tashkil etgan.

2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xalqaro yoʻnalishda jami 15 192 dona aviaparvozlar amalga oshirilgan boʻlib, 1 kunda oʻrtacha 41 ta aviaparvozlar amalga oshirilgan.

Toshkent shahrida qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

2023-yilning yanvar oyida shahar korxonalari tomonidan 5,8 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 100,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2853,9 mlrd. so‘mni tashkil qilib, aynan shu sohadagi xizmatlarning umumiy hajmidagi ulushi 18,5 % ga yetdi.    

Toshkent shahrida 2022-.yilning yanvar oyida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 948,2 ming so‘mga yetdi. 2022-.yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 98,7 %ni tashkil etdi.

2022 yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 74 867,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,9 % ga o‘sdi.

 

 Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2023 - yil 1 - fevral holatiga ko‘ra 10 163 tani tashkil etib, ulardan 9 548 tasi yoki 93,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023- yilning yanvar oyi yakuni bilan Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 2 043,2 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 825,2 mln.AQSh dollariga yoki 167,7 % ga ko‘paydi.

 

2022-yil yanvar-dekabr oylarida havo transportida 4 158,5 ming kishi joʻnatilib, 2021-yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,4 baravarga oshgan, yoʻlovchi aylanmasi esa 2,1 baravarga koʻpayib, 10 903,4 mln. yoʻlovchi-km.ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2022- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 16,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 2,1 mingtasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 12,7 % i) Olmazor tumanida, 2,0 mingtasi (12,1 %) Chilonzor tumaniga, 1,9 mingtasi (11,3 %) Uchtepa tumaniga, 1,8 mingtasi (10,6 %) Yunusobod tumaniga, 1,5 mingtasi (8,8 %) Mirzo Ulug‘bek tumaniga, 1,4 mingtasi (8,6 %) Shayxontohur tumaniga to‘gri kelmoqda.

Toshkent shahrida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 51 124,7mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 37,2 % ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 104,1 % ni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar oyida Toshkent shahrida jami 1 721,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan 73,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 20- fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Bolalar jamg'armasi vakolatxonasi (UNICEF) rahbari bilan kelgusida hamkorlikni muhokama qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.