So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 22,0 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar oyida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 312 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 5695,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, shundan kichik korxonalar hissasiga -  3725,8 mln. AQSh dollar va mikrofirmalar hissasiga - 1916,6  mln. AQSh dollari to‘g‘ri keldi. Hududlar kesimida esa bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida (966,6 mln. AQSh dollari),  Toshkent (617,5 mln. AQSh dollar), Andijon (472,9 mln. AQSh. dollar) va Farg‘ona ( 426,5 mln. AQSh. dollar) viloyatlarida qayd etilgan.

 

Toshkent shahrida 2023 - yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 22 ta bo‘lib, ularni tumanlar kesimida taqsimlanganda Shayxontohur – (18,2 %),Chilonzor – (18,2%), Mirobod – (13,7 %), Yakkasaroy – (13,6 %) Olmazor – (9,1 %), Yangihayot – (9,1 %), Uchtepa – (9,1 %), Yashnobod – (4,5 %), Sirg‘ali – (4,5 %), ni tashkil etgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar oyida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 6,7 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 96,1 % ni tashkil etgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,6 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar qurilishida 104,2 %, fuqarolik obyektlari qurilishida 102,9 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 137,8 % ni tashkil etgan.

2023-yil yanvar oyida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 86,1 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 13,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p ulush kichik korxona va mikrofirmalarga – 30,8  % i  to‘gri kelgan. Hududlar kesimida esa eng ko‘p ulush Surxondaryo viloyatida – 96,4 % qayd etilgan.

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 481 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 333,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 439,7-martani tashkil etdi.

 


Joriy yilning 1- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida gender statistikasini yuritish masalasida tadbir tashkil etildi.

2023-yilning yanvar oyida koʻrsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 37,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 336,0 ming tonna gips ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 147,1 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 60,0 ming tonna gips ishlab chiqarildi.

Mamlakatimizda 2023-yil 1-fevral holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni - mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib (soni 354 866 ta), so‘nggi besh yilda ular sonining o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

2023-yilning yanvar oyida qovurilgan kungaboqar urugʻlari narxlari bir oyda 0,1 % ga oshganligi kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 5695,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, shundan kichik korxonalar hissasiga -  3725,8 mln. AQSh dollar va mikrofirmalar hissasiga - 1916,6  mln. AQSh dollari to‘g‘ri keldi. Hududlar kesimida esa bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida (966,6 mln. AQSh dollari),  Toshkent (617,5 mln. AQSh dollar), Andijon (472,9 mln. AQSh. dollar) va Farg‘ona ( 426,5 mln. AQSh. dollar) viloyatlarida qayd etilgan.

 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 14,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 103,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023- yilning yanvar oyida yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,1 %, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 14,1 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 683,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 52,4 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 51,8 %ni tashkil etgan.