So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning soʻnggi besh oyi davomida narxlarida 1,0 % dan yuqori oʻsish surʼati kuzatilib kelingan shokolad, kakao va boshqa mahsulotlar narxlari oʻzgarishlari 2023-yilning dastlabki oyida 0,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasida jami 5,0 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yo‘lovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,9 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Surxondaryo viloyatida – 98,9 % ni tashkil qildi.

 Joriy yilning 28-fevral–3-mart kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh ofisida Statistika komissiyasining 54-sessiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasida birinchi marta farzandli boʻlgan ayollar soni 280,6 ming kishini tashkil etgan. Bu esa 2021-yilga nisbatan 16,8 ming kishiga (5,6%) kamaygan.

2022-yil yanvar oyiga nisbatan ijara xizmatlari hajmi 48,6 mlrd. soʻmga oshib, 2023-yil yanvar oyida ushbu xizmatlar 484,9 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi. 2022-yil yanvariga nisbatan oʻsish surʼati 102,1 % ni tashkil etgan.

2023-yil 28-fevral kuni Milliy matbuot markazida “Statistika ishlari dasturi doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2022/2023-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar oyida aloqa va axborotlashtirish (121,6 %), moliya (117,3 %) va taʼlim sohasidagi (110,3 %) xizmatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. Ular sonining so’nggi yillardagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning dastlabki oyida dorivorlar, oshpazlik ziravorlari va urugʻlari narxlarida 0,1 % ga oʻsish kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 51,8 % ni tashkil etdi. Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAHMdagi ulushi eng ko‘p bo‘lib,  78,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m ishlar bajarilib,  jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi  60,3 % ni tashkil etdi.

 

1 mart -Oʻzbekiston   xalq shoirasi  Zulfiya tavallud topgan kun

Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumoti tinglandi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2023- yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining   65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarni  yaratishga qaratildi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Mirobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i K.Jamolov hamda mutaxassislar tomonidan navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.