So'nggi yangiliklar

Joriy yilning yanvar oyida turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bogʻliq boshqa xizmatlar hajmi 33 369,3 mln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,5 %ni tashkil etdi.

2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni jami 194 tani tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2018/2019- oʻquv yili boshiga nisbatan 136 taga koʻpaygan.

Joriy yilning 10-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov va  Yakkasaroy  tumani statistika bo‘limi boshlig‘i B.Meyliyev tomonidan Yakkasaroy tumani “Meros” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

 

2023-yil yanvar oyi holatiga Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 1182 tani tashkil etib, ular tomonidan 229,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 141 090 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 93,5 tonna yumshoq pishloq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 53,8 % ga oshgan.

2023- yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami 37 267 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, ulardan 849 tasi joriy yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etildi.

Joriy yilning fevral oyida limon narxi 2022-yilning fevralidagi narxga nisbatan 24,5 % ga arzon boʻldi. Shu bilan birga, joriy yilning ortda qolgan ikki oyi davomida ularning narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,5 % ga oʻsgan.

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln. t.ni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar -  388,9  mln. t.  hissasiga to‘gri kelgan. 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 % ni tashkil qildi.

Joriy yilning 10-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda Sergeli tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Qobilov tomonidan Sergeli tumani “Sug‘diyona” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

 

2023-yilning fevral oyida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 64 879 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 460 taga (0,7%) koʻpaygan.

2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha moliyaviy xizmatlar sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmining oʻsish surʼati 117,3 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni  2023 - yil 1 - fevral holatiga ko‘ra:

2023- yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 14 677 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Joriy yilning fevral oyida karam yillik nisbatda 22,6 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining tashqi savdo aylanmasi hajmi 20 849,9 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, shu jumladan:

Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 0,4 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (11,1 % ini) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22,6 ming tonna toshkoʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 65,3 % ga oshgan.