So'nggi yangiliklar

Toshkent  shahrida o‘nggi 6 yillikda chakan savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati 2023- yilda kuzatildi.

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 71,6 % ini tashkil etdi, shundan eng ko‘p qurilishi ishlaridagi ulushi kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri kelib 30,5 ni tashkil qildi. Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi eng ko‘p ulush Andijon viloyatida – 95,1 % qayd etilgan.

2023 yilning 1-yanvar holatiga Toshkent shahridagi maktablarda 499 417 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar oyida yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 81,3 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022- yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 50 yosh va undan katta yoshdagilar oʻrtasida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar oyida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 197,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar oyida yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat  tarkibidagi ulushi 0,9 % ni, fizik hajm indeksi esa 45,9 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023- yilning yanvar oyida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 2,3 % ni, fizik hajm indeksi 105,6 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 90,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1-fevral  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 968 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi esa quyidagicha:

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln.tni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi   kichik korxona va mikrofirmalar -  388,9  mln.t  hissasiga to‘gri kelgan.

2022-yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 56,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2023-yilning yanvar oyida Toshkent shaharining barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Sanoat iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Yunusobod tumani (8 317,7 ming so‘m), Sergeli tumani (6 573,4 ming so‘m) Bektemir tumani (5 844,3 ming so‘m), Mirobod tumani (5 518,1 ming so‘m) hamda Chilonzor tumani (4 866,4 ming so‘m) kuzatildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,2 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,3 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

 

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 900,6 mln. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 1,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 22,0 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar oyida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 312 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 5695,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, shundan kichik korxonalar hissasiga -  3725,8 mln. AQSh dollar va mikrofirmalar hissasiga - 1916,6  mln. AQSh dollari to‘g‘ri keldi. Hududlar kesimida esa bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida (966,6 mln. AQSh dollari),  Toshkent (617,5 mln. AQSh dollar), Andijon (472,9 mln. AQSh. dollar) va Farg‘ona ( 426,5 mln. AQSh. dollar) viloyatlarida qayd etilgan.