So'nggi yangiliklar
07/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Yunusobod tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.
06/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil 5-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Singapur Statistika Departamenti (DOS) xodimlari oʻrtasida tajriba almashish, xususan, sanoat va mehnat statistikasini takomillashtirish, aholini roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazish, statistik biznes registrni tuzish va yuritish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 17192,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar – may oylariga nisbatan 120,3 % ga kao‘paydi.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida 2023 - yil 1 – iyun holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 25,9 foizini tashkil etdi.
Toshkent shahrida 2023 - yil 1 - iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 94 014 tani tashkil etdi.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 85,3 ming t. K2O kaliy xlorid ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 15,4 % ga oshgan.
04/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Jahon banki ko‘magi ostida MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi tomonidan 2023- yilning 27–28- iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida MDH davlatlari statistika xizmatlarining mutaxassislari ishtirokida Xalqaro Taqqoslash Dasturi (XTD) -2021 global dasturi doirasida MDH mintaqasida 2021- yil ma’lumotlari asosida YAIM xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvozanatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida 2023 - yil 1 - iyun holatiga koʻra, sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 12,2 foiz ulushini tashkil etdi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha taqsimlandi:
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 59,8 %ni tashkil etadi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 48,3 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 35,3 % ga oshgan.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida nashriyotchilik xizmatlari hajmi 347,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan ularning oʻsish surʼati 109,0 foizni tashkil etdi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50 676,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 52,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
03/07/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 8 210 ta madaniy meros obyektlari mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki va 383 tasi xususiy mulk hisoblanadi.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari (2023-yil iyun oyi uchun):
140-sahifa 290 dan