So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-may oylarida, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 446,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 327,6 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 %ga oshgan.

Toshkent shahrida og‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar - may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,3 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmining 14,9 % ini tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 919 ta va xorijiy korxonalar 7 888 tani tashkil etdi. 

2023-yil 1-yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 7010 tani tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2023 - yil 1 - iyun holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 94 014 tani tashkil etdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi (2 124,2 mln.AQSh dollari), Rossiya Federatsiyasi (1 933,6 mln.AQSh dollari) va Qozog‘iston (763,0 mln.AQSh dollari) shular jumlasidandir, qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023 yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 37 291,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi. YaHMning tarmoqlar tarkibida o‘sish sur’atlari: sanoatda 103,5 % ni va xizmatlar sohasida 109,0 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar-may oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3 010,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Yirik qurilish ishlari 2022-yilning mos davriga nisbatan 66,7 % ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 22,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Uchtepa tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Bugun yurtimizda xalqimiz va jamiyat hayotida muhim oʻrin tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Toshkent shahrida 2023-yil yanvar-may oylarida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 1453,8 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 2,1 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar - may oylarida Toshkent shahrining barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2022- yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,4 % ni, fizik hajm indeksi esa 95,0 % ni tashkil etgan.

2023 - yil 1 - iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan 84,3 mingta tijorat korxona va tashkilotlarining 72,2 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Shahar eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Murobod tumani 19,3 % ulush bilan 383,2 mln,AQSh dollarini tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 69,4 %i to‘g‘ri kelib, 2022-yil yanvar-may oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 9,1 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil etgan holda 9 163,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.