10/02/2025

   Joriy yilning 10-fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.2024-yildagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

   Yig‘ilishni  boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.2024-yildagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   L. Mirsoatov soʻzga chiqib, ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilashdan, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, shuningdek davlat sirlari bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, Qonunda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir, davlat sirlari, davlat sirlarining yo‘qotilishi, davlat sirlarini oshkor etish, davlat sirlarini tashuvchilar, davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, davlat sirlaridan foydalanish huquqi, davlat sirlarini himoya qilish, davlat sirlarini himoya qilish vositalari, davlat sirlarini himoya qilish tizimi, maxsus komissiya, maxfiylik grifi, maxfiylik darajasi, maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati, maxfiylik rejimi, maxfiy-rejim organi, ma’lumotlarni maxfiylikdan chiqarish, ma’lumotlarni va ularni tashuvchilarni maxfiylashtirish, xizmat siri, ekspertlar komissiyasi kabi tushunchalarga tarif berilganligi haqida ma‘lumotlar berdi.

   Shuningdek, Qonunda davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilganligi haqida tushunchalar berdi.

   Bundan tashqari, Qonunda Davlat sirlari O‘zbekiston Respublikasining mulki va uning himoyasida ekanligi, davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi, davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda davlat sirlarini himoya qilishni tashkil etish ularning rahbarlari zimmasiga yuklatilishi, davlat sirlarini himoya qilish davlat sirlari oshkor etilishining va yo‘qolishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy, muhandislik-texnik, kriptografik va boshqa chora-tadbirlar majmuini qonunchilikka muvofiq o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi zarurligi haqida ham aytib o‘tildi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech