05/02/2025

   Joriy yilning 5-fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.10.2024-yildagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son Qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.10.2024-yildagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-358-son Qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   L. Mirsoatov soʻzga chiqib, ushbu Qaroroning maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash ekanligi haqida tushunchalar berdi.

   Shuningdek, Qarorda quyidagilar sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi, xususan, bank-moliya sohasida — firibgarliklarning oldini olish, foydalanuvchilarning to‘lov qobiliyatini baholash, bozor tendensiyalarini prognoz qilish, soliq va bojxona sohalarida — yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish, shubhali bojxona operatsiyalarini prognozlash va xavflarni boshqarish, sog‘liqni saqlash sohasida — kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish va bemorga oid ma’lumotlarni boshqarish, qishloq xo‘jaligi sohasida — hosildorlikni prognoz qilish, qishloq xo‘jaligi resurslarini boshqarish, ekinlar, parranda, baliq va chorva mollarini yetishtirish jarayonlarini monitoring qilish, energetika sohasida — energiya resurslarini boshqarish, energiya ishlab chiqarish va taqsimlashni optimallashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va ularga bo‘lgan talabni prognozlash.

   Bundan tashqari, Qarorning 1-ilovasida sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi qabul qilinib, strategiya sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishining joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini hisobga olgan holda mamlakatimizda sun’iy intellektni keng qo‘llash, jadal rivojlantirish maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib otilgan hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida milliy manfaatlarni inobatga olgan holda strategik ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish, o‘rta va uzoq muddatli, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasidagi vazifalar belgilab beril haqida ham aytib o‘tildi.

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech