30/01/2025

  Joriy yilning 30-yanvar sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining 14.11.2024-yildagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-996-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tib, Oʻzbekiston Respublikasining 14.11.2024-yildagi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-996-son Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.

   L. Mirsoatov soʻzga chiqib, ushbu Qonunning maqsadi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, Qonunda bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy daxlsizligiga, sha’niga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan, jismoniy yoki ruhiy azob yetkazayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda asosiy ehtiyojlariga zid bo‘lgan, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan va Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan, qasddan sodir etiladigan harakat (harakatsizlik) bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb e’tirof etilishi haqida tushunchalar berdi.

 

06-20-4

Tugmani bosing Tinglash GSpeech