15/04/2024

   Toshkent shaxrida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 9 264 tani tashkil etib, unda yetakchi o‘rinni 2 187 ta korxonada to‘liq yoki qisman ulushi mavjud bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi egallagan. Bu xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 23,5 foiz ulushini tashkil etadi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritayotgan Xitoy Xalq Respublikasi (ulushi 13,8 foiz), Turkiya (ulushi 12,5 foiz), Qozog‘iston (ulushi 9,3 foiz) va Janubiy Koreya (ulushi 5,1 foiz) davlatlari ham yetakchilardan hisoblanadi.

1

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech