So'nggi yangiliklar
Yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra 3,0 mingtani tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni Chilonzor tumani (11,7 foiz), Yunusobod tumani (11,7 foiz), Mirzo Ulug‘bek tumani (11.6 foiz), Olmazor tumani (9,3 foiz) va Yakkasaroy tumani (9,1 foiz) ga to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumki, ayni paytda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida ilg‘or faoliyat yuritmoqda.
24/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 1-dekabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 4 946 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 46 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 900 tani tashkil qildi.
Dastlabki statistika maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-dekabr holatiga qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni jami 7 184 tani tashkil etadi.
Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 14,0 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 106,6% ni va ishlab chiqarish hajmi 18 593,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan seminarda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.
Seminarda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi B. Boymurodov va Mirobod tuman Statistika boʻlimi boshligʻi K. Jamolovlar o‘z ma’ruzalarida tinglovchilarga olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan ma’lumot berdi.
17/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 1-dekabr holatiga Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) 101,2 mingtani tashkil etdi, ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 89,5 mingta.
Shuningdek, ushbu davrga 148,8 mingta korxona ro‘yxatdan o‘tib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 109,8 foizni tashkil etdi.
17/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha o‘quv amaliy seminar-trening tashkil etildi.
16/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari N. Shukurov hamda tegishli mutaxassislar bilan birgalikda Yashnobod tumani Aviasozlar dehqon bozorida “Istemol narxlari indeksi” xizmatlar guruhi kuzatuvi oʻrganildi.
16/12/2024 • So'nggi yangiliklar
13/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasiga TDIU vakillari hamda xorijlik ekspertlar tashrif buyurishdi.
13/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar-oktabr oylari holatiga koʻra, 8 523,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 1 882,6 mln AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 6 640,7 mln AQSH dollari qiymatida qayd etildi.
Toshkent shahrida Moliyaviy xizmatlar hajmi 65 137,4 mlrd so‘mga yetdi. Umumiy bozor hizmatlari hajmida ushbu xizmatlarning ulushi 27,2 % ni tashkil etdi. Umumiy moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 127,3 % ni tashkil etdi.
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2024-yil 1-noyabr holatiga 100,7 mingtani tashkil etdi, ulardan 90,8 mingtasi tadbirkorlik subyektlari.
10/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 14,8% ni tashkil qilib, fizik hajm indeksi esa, 99,0 va ishlab chiqarish hajmi 17 723,48 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning 6 - dekabr sanasida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son...
42-sahifa 300 dan