So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1 383 ta bo‘lib, tumanlar kesimida taqsimlanganda ularni jamiga nisbatan ulushi Chilonzor – (12,4 %), Yunusobod – (13,2 %), Mirzo Ulug‘bek –(11,6 %), Shayxontohur – (8,6 %), Yashnobod – (8,6 %), Olmazor – (10,4 %), Yakkasaroy – (7,8 %), Mirobod – (7,8 %), Uchtepa – ( 6,7 %), Sirg‘ali –(6,0%), Yangihayot (3,9 %) hamda Bektemir – (3,0 %) tumanlarida tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 49 886,4 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 60,8 % ini tashkil etib. 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 5,2 % ga kamayganligi kuzatildi.

2022- yilning yanvar oyida Toshkent shahrida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1721,7 mlrd. so‘mni, Toshkent viloyatida 480,0 mlrd. so‘m va Farg‘ona viloyatida 344,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, respublikaning boshqa hududlariga nisbatan yuqori hajm qayd etildi.

Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan.

2023-yilning yanvar oyida Toshkent shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 4 197,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 96,6 % ga yetdi.

Joriy yilning 24- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- FX” yillik statistika hisobotini topshiruvchi fermer xoʻjaliklariga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqot tashkil etildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahrida sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi 33,5 % ni, qurilish – 10,1 % ni va xizmatlar sohasi – 56,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha “1- KB” yillik statistika hisobotini topshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalar (xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar)ga hisobot topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Chilonzor  tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatov hamda mutaxassislar tomonidan navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Mirobod – 1 629 ta (umumiy miqdoridagi ulushi 17,1 %), Yakkasaroy – 1 491 ta (15,6 %), Mirzo Ulug‘bek – 1 319 ta (13,8 %) hamda Yunusobod tumanlarida 1 166 tani (12,2 %) tashkil etgan.

Joriy yilning 24-fevral kuni Shayxontohur tumani statistika bo‘limi boshlig‘i U.Bakayev hamda mutaxassislar tomonidan navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar oyida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 7,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 17,1 % ga oshgan bo‘lsa, 2023- yilning yanvar oyida yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 8,2 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 91,1 % ni va ishlab chiqarish hajmi 328,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Xaydaraliyev hamda mutaxassislar tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani “Taraqqiyot” mahallasida navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida umumiy hajmdan yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish, texnik qayta qurollantirish ishlari jami qurilish ishlarining 57,4 % yoki 988,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2023 - yilning 1 - fevral holatiga ko‘ra 4 023 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 341 taga yoki 9,2 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 23-fevral kuni Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligida “Favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish” mavzusida tadbir oʻtkazildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvarida oziq-ovqat mahsulotlari guruhlari orasida yogʻlar va moylar (-0,4 %) hamdashakar, qandolat mahsulotlari va desertlar (-0,5 %) guruhidagi tovarlar narxlarida pasayish kuzatildi.