So'nggi yangiliklar
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan jami bozor xizmatlari hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri (37,8 %), Toshkent (6,9 %), Samarqand (6,3 %) va Fargʻona (5,9 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar-fevral oylari holatiga 1 161,2 mln,AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport – 297,4 mln,AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import – 863,8 mln,AQSh dollari qiymatida qayd etildi.
Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 0,7 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (7,5 % ini) tashkil etdi.
Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 080 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Davlat statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻining o‘rinbosari R. Urazbayev va Toshkent shahar statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Z.Gaziyeva bilan birgalikda Olmazor tumani “Xislat mahallasi”da yashovchi Elmurodova Lobar xonadonida uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi.
Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Mirobod tumani 27,2 % ulush bilan 1 028,7 mln,AQSh dollarini tashkil etdi. Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng quyi ulushni Yangihayot tumani 1,5 % ulush bilan 55,5 mln,AQSh dollarini tashkil etdi.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 14,1 % ni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 79,6 % ni tashkil etdi. 85,9 % ulush kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 53,5 % ni tashkil etdi.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar oyida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 7,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 17,1 % ga oshgan.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yanvar-fevral oylari yakunlari koʻra oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 1,6 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,9 trln. soʻm) hajmining 85,0 foizini tashkil etdi.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 54,4 % ga oshgan.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 29-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
30/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 29- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 18,2 % ni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 48,4 % ni tashkil etdi.
29/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yil 1-yanvar holatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning elektrlashtirilgan qismi 1 933,9 kmni tashkil etib, 2017-yil 1-yanvar holatiga (1 353,5 km) nisbatan 580,4 kmga yoki 42,9 %ga oshgan.
29/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 785 ta bo‘lib, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi.
29/03/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan tarmoqlari – yo‘lovchi aylanmasida 95,9 % ni, qishloq xo‘jaligida 95,3 % ni, yo‘lovchi tashishda 93,2% ni,chakana savdoda 79,4 % ni, qurlilishda 71,6 % ni tashkil etdi.
29/03/2023 • So'nggi yangiliklar
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Rossiya Federatsiyasi (700,4 mln.AQSh dollari), Xitoy Xalq Respublikasi (694,0 mln.AQSh dollari) va Germaniya (500,6 mln.AQSh dollari) shular jumlasidandir, qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
29/03/2023 • So'nggi yangiliklar
179-sahifa 289 dan