So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 48,5 ming tonna qum ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 5,2 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 206,8 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 46,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar- mart oylarida Toshkent shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 15392,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 109,4 % ga yetdi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda Uchtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i U.Karimov tomonidan Uchtepa tumani “Hayratiy ” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

 

2023- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 5 830,2 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2022- yilga nisbatan 1 266,7 mln.AQSh dollariga yoki 127,8 % ga ko‘paydi.

Toshkent shahrida 2023 yilning 1 aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 82,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14,5 mingtaga kamaygan yoki 15,0 % ga kamaygan. Kichik tadbirkorlik subektlarining soni har 1000 aholiga 27,7 birlikni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida, Toshkent shahrida jami 6 838,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 89,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-mart oyida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari  yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 18,8 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni  40 891 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini  tashkil etdi. So‘nggi yillarda ushbu  korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha:

Joriy yilning 18- aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Annazarov, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri Z. Toshmatova bilan birgalikda Yunusobod tumani "Mirzo Ulug‘bek” MFYda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

2023- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 6,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-martida Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 37 291,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 5,3% ga o‘sdi.

Joriy yilning 1-may kuni Toshkent shahar  statistika boshqarmasining majlislar zalida 2023- yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan  boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Bugun yurtimizda xalqimiz va jamiyat hayotida muhim oʻrin tutadigan, ertangi yorugʻ kelajakni taʼminlaydigan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha REFERENDUM oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahrida statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi
PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7,4 ming tonna margarin va spred ishlab chiqarilgan boʻlib,...