So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-iyun oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 50 014,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 23,5 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 122,7 % darajasida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 106,0 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami 45 736 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar- iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlaribo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida moliyaviyxizmatlarning ulushi 32,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar - iyun oylarida shahar korxonalari tomonidan 53,7 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar - iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,5 % ni tashkil etdi.

2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahar doimiy aholisi sonining  27,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 56,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar, va 15,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Asosiy kapitalga o‘zlashtirish kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibi

TOSHKENT SHAHRI BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI ENG YUQORI ULUSHGA EGA BOʻLGAN DAVLATLAR (2023- yil yanvar-iyun oylari, mln.AQSh dollari)

Asosiy kapitalga o‘zlashtirish kiritilgan investitsiyalarda markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar

2022-yil oxiriga tayanch doktoranturasi mavjud tashkilotlar soni 84 tani tashkil etgan bo‘lib, 2019- yilda bu ko‘rsatkich 65 tani tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9,1 trln. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,3 %ini tashkil etdi. 2022 yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 119,5 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 212,3 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,9 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 68,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarda 17,6 mingdan ortiq yangi savdo korxonalari tashkil etilgan

Toshkent shahrida  2023- yil 1- iyul  holatiga  doimiy aholi soni  2999,5 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 43,1 ming kishiga yoki
1,5 % ga ko‘paydi.

Toshkent shahrida 2023 - yil 1 - iyul yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022 - yilning mos davri bilan solishtirilganda 427 taga ko‘payganligini ko‘rish mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 20 517,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar – iyun oylariga nisbatan 117,6 % ga kao‘paydi.

Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Mirobod tumani 18,3 % ulush bilan 2 045,7 mln,AQSh dollarini tashkil etdi.