So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 604,9 tonna tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 13,4 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi (2 408,1 mln.AQSh dollari), Rossiya Federatsiyasi (2 228,9 mln.AQSh dollari) va Qozog‘iston (815,5 mln.AQSh dollari) shular jumlasidandir, qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahar doimiy aholisi sonining 27,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 56,7 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar, va 15,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2022- yilning yanvar - iyun oylari yakunlariga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 90,6 % ni tashkil etgan.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Yashnobod tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 27 960,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 % ga yuqoridir.

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 7-avgustdan 25- avgustgacha belgilangan Toshkent shahrida uy xo‘jaligi xarajatlarining tanlama kuzatuvini o'tqazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,3 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,3 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

TOSHKENT SHAHRI BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI ENG YUQORI ULUSHGA EGA BOʻLGAN DAVLATLAR (2023- yil yanvar-iyun oylari, mln.AQSh dollari)

Bugungi kunda Toshkent shahrida 11,5 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida faoliyatko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 8150 mingbirlikni tashkil etdi.