Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i X. Narziyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son  “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

    Yig‘ilishda so‘zga chiqgan X. Narziyevning ta’kidlashicha: “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini samarali tashkil etish, Korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish samaradorligini oshirish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Bunda, bir qator farmondagi bandlar tushuntirilib ta’kidlandi ya’ni, quyidagilar korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishning 2030-yilgacha boʻlgan ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

(a) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashishning professional va samarali tizimini tashkil etish;

(b) korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan koʻra korrupsiyaviy omillarni barvaqt aniqlash va preventiv mexanizmlarni joriy etish orqali tizimli korrupsiyaviy holatlarni oldini olish;

(v) raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sunʼiy intellektni joriy qilishni hamda ulardan samarali foydalanishni kengaytirish;

(g) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish va muntazam takomillashtirib borish.

Shuningdek, korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish samaradorligini oshirish bo‘yicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida preventiv mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

(a) korrupsiyani oldini olish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish hamda uslubiy yordam koʻrsatib borish;

(b) davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish;

(v) amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ulardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

(g) davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan vazifa va funksiyalarini raqamlashtirish boʻyicha takliflar va minimal talablarni ishlab chiqish;

(d) “E-qaror” tizimida qabul qilinadigan hujjatlarni eʼlon qilishda ochiqlikka oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish va ochiqlikni taʼminlash boʻyicha taʼsirchan choralarni qoʻllash;

(j) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha qarorlar qabul qilishda korrupsiyaviy omillar, shu jumladan, manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash hamda oldini olish. Tushunchalar berildi.

  Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

  Shuningdek, 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlariga tegishli topshiriqlar berilganligi qayd etildi.

  Bundan tashqari, joylarda tashkil qilinayotgan profilaktika ishlarini tashkil qilishda yuqoridagi chora-tadbirlar rejasida berilgan topshiriqlarni qat’iy amalga oshirishlari, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini yangi tashkil topgan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan  tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, bunda joylardagi seminar uchrashuvlar va “Ochiq eshiklar kuni”da tadbirkorlik sub’ektlariga davlat statistika hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etishlari lozimligi to‘g‘risida doimiy ravishda tushuntirishlar berib borishlari yuzasidan topshiriqlar berib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech