HUDUDIY DEHQON BOZORLARIDAGI
AYRIM MAHSULOTLARNING
O'RTACHA NARXLARI
(1-DEKABR HOLATIGA)

TAHLILIY MA'LUMOTLAR
YaHM
Kichik biznes
Investitsiyalar
Qurilish
Tashqi savdo
Ichki savdo
Sanoat
Demografiya
Bandlik va mehnat
Xizmatlar
Korxonalar registri
Ta’lim
Turizm va dam olish
Sog'liqni saqlash
Madaniyat
Innovatsion faoliyat
ALOQA
Call centre


Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni Jizzax viloyatidan qaytib kelgach, investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Dastlab 2021 yilda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tijorat banklari tomonidan 2021 yilda 120 trillion so‘m miqdoridagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, qurilish materiallari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, neft-kimyo, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarda...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi 2021 yil 6 yanvar kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi. Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati O‘zA

Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
DAVLAT STATISTIKA QO'MITASI YANGILIKLARI

2021-01-15
2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar jamg'armasi UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma...

2021-01-13
Joriy yilning 11–16- yanvar kunlari Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlarida “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shu yil 12- yanvar kuni Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida ro’yxatga oluvchi xarita va ro'yxat tuzuvchi mutaxassislarga xaritalash va ro’yxatga olish ishlarni qay tartibda amalga oshirish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

2021-01-08
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 781 tani, shundan qo‘shma korxonalar 5672 ta va xorijiy korxonalar 6109 tani tashkil etmoqda. 2021- yilning 1- yanvar holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni: Sanoat – 3943 ta; Savdo – 3113 ta; Qurilish – 955 ta; Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 673 ta; Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 498 ta; Tashish va saqlash – 316 ta; Axborot va aloqa – 315 ta; Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat...
TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI YANGILIKLARI

12-yanvar kuni Yunusobod tumanida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzu doirasida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda. Fuqarolar mutaxassislar tomonidan o‘zlari uchun muhim hisoblangan ma’lumotlardan boxabar bo‘lib borishmoqda.

13- yanvar kuni Mirobod tumanida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzu doirasida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda. Fuqarolar mutaxassislar tomonidan o‘zlari uchun muhim hisoblangan ma’lumotlardan boxabar bo‘lib borishmoqda.

13- yanvar kuni Chilonzor tumanidagi 178- maktabda aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu mavzu doirasida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan joylarda shu kabi uchrashuvlarni o‘tkazish davom etmoqda. Fuqarolar mutaxassislar tomonidan o‘zlari uchun muhim hisoblangan ma’lumotlardan boxabar bo‘lib...